Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida o‘quvchilar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat qaysi tuman va maktabda yuz bergani hozircha aniq emas.
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘quvchi yigitlar o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi.
Videoda bir guruh o‘quvchilarning o‘zaro janjallashgani, bir-birini haqorat qilgani va so‘kingani aks etgan.
Hozircha voqea Toshkent shahrining qaysi tumani va qaysi maktabida sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘landik. Vazirlik vakillari voqea yuzasidan munosabat bildirmadi.
