2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini elektron tizim orqali bilishlari mumkin.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

 

Talabgorlar qabul natijalarini my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.