Mahalliy hokimliklar tomonidan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

Mahalliy hokimliklar tomonidan talaba xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti to‘lab beriladi.

 

Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

 

Ushbu imtiyoz quyidagicha taqsimlanadi:

 

– 40 ta o‘rin — birinchi kurs talabalari uchun;

 

– 100 ta o‘rin — 2-kurs va undan yuqori bosqich talaba qizlari uchun.

 

 Kimlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin?

 

Ushbu imtiyozdan quyidagi toifadagi xotin-qizlar foydalanishi mumkin:

 

– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);

 

– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar

  

– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.

 

 

Qaysi hollarda kontrakt to‘lab berilmaydi?

 

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi.

 

Talabgorlar belgilangan mezonlarga mos kelgan holda ariza topshirib, kontrakt to‘lovini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.