Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi 3 yoshli bolani bosib ketdi (video)

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi 3 yoshli bolani bosib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida o‘smir haydovchi avtomobilni harakatga keltirishi vaqtida yo‘l chetida turgan bolani urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 17 yoshli Chery haydovchisi yo‘l chetida turgan 3 yoshli bolani urib yuborgan. Holat joriy yil 30-iyun kuni soat 20:00 larda D-149 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

2009-yilda tug‘ilgan U.Y. Chery rusumli avtomobilda harakatni boshlash vaqtida yo‘l chetida turgan 2023-yilda tug‘ilgan A.B.ni urib yuborgan. Bolaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Videoga ko‘ra, Chery avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgani, 3 yoshli bola esa velosipedda mashinaning old qismida o‘ynab yurgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng avtomobil harakatlana boshlagan va bola uning ostida qolgan. Velosiped esa yo‘l qismiga uchib ketgan.

 

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Hozirda toʻplangan ish hujjatlarini Jinoyat ishlari boʻyicha Qamashi tuman sudiga yuborish choralari koʻrilmoqda, — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, Fargʻonada voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yuborgani, ulardan biri vafot etgani haqida xabar bergan edik.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish