1-kurslarga ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi - vazirlik - Ta’lim xabarlari
1-kurslarga ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi – vazirlik

Joriy yilda talabalarni turar-joy bilan ta’minlashdagi yondashuv o’zgarganligi hamda yangi raqamlashtirilgan tizim yaratilganligi haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan press turda ma’lum qilindi.

 

Xabarga ko’ra, talabalarni turar-joy bilan ta’minlashga qaratilgan markazlar ishga tushirgan. Bu markazlar yotoqxonalar bilan emas, ijara xonadonlarni topish va talabalarni joylashtirish bilan shug‘ullanadi.

 

Yotoqxonadan joy ololmaganlarga OTMlarda tashkil etilgan markazlar tomonidan ijara xonadonlariga joylashish uchun yordam beriladi. Ijarada turadiganlar shartnoma taqdim etganda Toshkent shahrida BHMning bir barobari (hozir 340 ming), viloyatlarda 0.5 barobari (170 ming) miqdorida yordam pullari beriladi. 1-kurslarga esa ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi.

 

Bugungi kunda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 127 792 o‘rinni tashkil etadi.

 

“Bundan tashqari respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Jumladan, ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrida jami 41 848 o‘rinli 108 ta talabalar turar joylari bo‘lib, 2022/2023-yillarda Toshkent shahrida 7 152 o‘rinli 13 ta talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirilgan” – deydi vazirlik mutaxassislari

 

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры