2026-yilning dastlabki olti oyida taʼlimga qancha investitsiya kiritildi?

2026-yilning dastlabki olti oyida taʼlimga qancha investitsiya kiritildi?

2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun jami 338,9 trln soʻm investitsiya oʻzlashtirilgan. Shundan 7,2 trln soʻm taʼlim sohasiga yoʻnaltirilgan.

 

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning dastlabki olti oyida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga 338,9 trln soʻm investitsiya oʻzlashtirilgan.

 

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan.

 

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp investitsiya quyidagi sohalarga yoʻnaltirilgan:

 

— ishlab chiqarish sanoati — 100,5 trln soʻm;
— qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi — 32,9 trln soʻm;
— qurilish — 32,5 trln soʻm;
— elektr energiyasi, gaz, bugʻ va konditsiyalangan havo — 29,9 trln soʻm;
— turar joy qurilishi — 27,3 trln soʻm;
— togʻ-kon sanoati — 21,8 trln soʻm;
— tashish va saqlash — 16,3 trln soʻm.

 

Shuningdek, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va mototsikllarni taʼmirlashga 13,7 trln soʻm, suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yigʻish va qayta foydalanishga 7,4 trln soʻm investitsiya kiritilgan.

 

Taʼlim sohasiga esa 7,2 trln soʻm investitsiya oʻzlashtirilgan. Bu koʻrsatkich axborot va aloqa sohasi (5,8 trln soʻm) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlariga (5,6 trln soʻm) yoʻnaltirilgan investitsiyalardan yuqori.

 

Bundan tashqari, kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat hamda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga 4,6 trillion soʻmdan toʻgʻri kelgan.

 

Moliya va sugʻurta faoliyatiga 2,4 trillion, sanʼat, koʻngil ochish va dam olish sohasiga 2 trillion soʻm investitsiya oʻzlashtirilgan. Boshqa faoliyat turlariga esa 24,4 trillion soʻm yoʻnaltirilgan.

 

Avvalroq, oʻzbekistonliklar 6 oyda taʼlim xizmatlariga qancha sarflaganligi haqida xabar bergan edik.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish