2026-yilning yanvar iyun oylarida Oʻzbekistonda taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 23,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hisobot davrida taʼlim xizmatlari tarkibida oliy taʼlim xizmatlari eng katta ulushni egallagan. Ularning jami taʼlim xizmatlaridagi ulushi 42,4 foizni tashkil etgan.
Taʼlim xizmatlari hajmi hududlar kesimida quyidagicha:
— Toshkent shahri — 12,7 trln soʻm;
— Samarqand viloyati — 1,5 trln soʻm;
— Fargʻona viloyati — 1,5 trln soʻm;
— Andijon viloyati — 1,2 trln soʻm;
— Toshkent viloyati — 1,1 trln soʻm;
— Namangan viloyati — 1,1 trln soʻm;
— Buxoro viloyati — 1 trln soʻm;
— Qashqadaryo viloyati — 877,7 mlrd soʻm;
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 691,3 mlrd soʻm;
— Xorazm viloyati — 602,5 mlrd soʻm;
— Surxondaryo viloyati — 577,8 mlrd soʻm;
— Navoiy viloyati — 373,6 mlrd soʻm;
— Jizzax viloyati — 323,9 mlrd soʻm;
— Sirdaryo viloyati — 243,6 mlrd soʻm.
Eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etilgan boʻlib, poytaxtdagi taʼlim xizmatlari jami hajmning yarmidan koʻprogʻini tashkil qilgan.
Avvalroq, O‘zbekistonda sport maktablari eng ko‘p qaysi hududlarda tashkil etilganligi haqida xabar berilgan edi.
