Fidoyi volontyorlar uchun maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda

Fidoyi volontyorlar uchun maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda

“Fidoyi volontyor” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Loyiha qabul qilinsa, ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Muhokamalar portaliga “Fidoyi volontyor” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyihaga ko‘ra, mamlakatning ijtimoiy, ilm-fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shgan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘mak ko‘rsatishda faol bo‘lgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida “Fidoyi volontyor” ko‘krak nishonini ta’sis etish taklif qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyihada ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ham taqdirlash mumkinligi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda “Fidoyi volontyor” koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida volontyorlik faoliyatini ommalashtirish va uni umumxalq harakati darajasiga koʻtarish, yangi volontyorlik modellari va innovatsion yondashuvlarini joriy etishda tashabbuskorligi;
  •  yoshlarni vatanparvarlik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik, maʼnaviy-axloqiy va jismonan sogʻlom etib voyaga yetish, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishda alohida oʻrnak boʻlayotgani;
  • “tengdosh-koʻmakchi” tamoyili asosida nogironligi boʻlgan va alohida parvarishga muhtoj shaxslarga ijtimoiy faolligini, jamiyat va davlat hayotidagi ishtirokini oshirish, oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlash koʻmaklashishdagi faolligi, ehtiyojmand aholi qatlamiga koʻmak koʻrsatishdagi beminnat xizmatlari;
  • oʻz tashabbusi va harakatlari bilan atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini taʼminlash, madaniyat va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshayotganligi uchun mukofotlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlarni ko‘rib chiqish va taqdirlash bo‘yicha tegishli qarorni Volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashi qabul qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yoshlar ishlari agentligi esa kengashning ishchi organi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi 2-dekabr — O‘zbekiston volontyorlari kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Loyihaga ko‘ra, “Fidoyi volontyor” ko‘krak nishoni mis qotishmasidan tayyorlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning diametri 26 millimetr bo‘lib, nishonda “FIDOYI VOLONTYOR” va “O‘ZBEKISTON” yozuvlari aks ettiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠