O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotgan xorijliklar soni ikki barobarga oshdi

O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotgan xorijliklar soni ikki barobarga oshdi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 21 mingdan ortiq chet el fuqarosi O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga ko‘p.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida 21 042 nafar xorijiy fuqaro ta’lim olish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

 

Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming nafarga yoki 2,2 barobarga ko‘p.

 

Xorijlik talabalar orasida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari — 9 207 nafar hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarni Hindiston va Tojikiston fuqarolari egallagan.

 

Davlatlar kesimida O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijiy fuqarolar soni:

 

  • Turkmaniston — 9 207 nafar;
  • Hindiston — 3 723 nafar;
  • Tojikiston — 1 915 nafar;
  • Xitoy — 951 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 834 nafar;
  • Pokiston — 689 nafar;
  • Misr — 603 nafar;
  • Koreya Respublikasi — 526 nafar;
  • Filippin — 367 nafar;
  • AQSH — 302 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 1 925 nafar.

 

Shunday qilib, jami xorijlik talabalarning qariyb yarmi Turkmaniston fuqarolariga to‘g‘ri kelgan.

 

2024-2025-oʻquv yilida Oʻzbekistonda xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etib, har ikki xorijlik talabaning biri hindistonlik ekanligi haqida xabar berilgandi.