2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi xabar bergan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
— Hindiston — 2 780 nafar;
— Turkmaniston — 2 622 nafar;
— Tojikiston — 1 145 nafar;
— Xitoy — 459 nafar;
— Janubiy Koreya — 381 nafar;
— Pokiston — 348 nafar;
— Qirgʻiz Respublikasi — 263 nafar;
— AQSH — 232 nafar;
— Afgʻoniston — 167 nafar;
— Turkiya — 161 nafar;
— Boshqa davlatlar — 988 nafar.
