Andijonda tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lgani va so‘kingani aytilmoqda (video)

Andijonda tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lgani va so‘kingani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi bog‘chalardan birida tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Unda bog‘cha xodimining bolalarni haqorat qilgani va ulardan biriga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani ko‘rinadi. Hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat berilmagan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi bog‘chalardan birida suratga olingani aytilayotgan videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Videoda bog‘cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol va haqoratomuz so‘zlar ishlatayotgani, shuningdek, ulardan biriga nisbatan jismoniy kuch qo‘llayotgani aks etgan. Videotasvirga ko‘ra, videoning o‘zi ham aynan bog‘cha xodimi tomonidan yozib olingan.

 

Ushbu holat bolalar televizor tomosha qilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Shu vaqtda tarbiyachi bolalardan biriga baland ovozda haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilgan. Shundan so‘ng uning yoniga borib, oyog‘ini qanday tutishi kerakligini aytgan va bolaga nisbatan jismoniy ta’sir ko‘rsatgan.

 

Hozircha mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmagan.

 

Avvalroq, Kelesdagi bog‘chada tarbiyachi bolaga ruhiy bosim o‘tkazgani aytilayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish