Ustuvorlik masalasida tushuntirish - Ta’lim xabarlari
Ustuvorlik masalasida tushuntirish

Mandat natijalari chiqqach, javoblar sahifasidagi yozuvlar bo‘yicha ayrim tushunmovchiliklar kuzatilmoqda. Ushbu masala yuzasidan huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tushuntirish berdi.

 

 

Kimlardir men ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlagan edim, lekin davlat grantiga o‘tib qolibdi, yoki teskarisi bo‘ldi deyishmoqda.

 

Shu sababli ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa kerak:

 

Agar javoblar varaqangizda “BARCHA yo‘nalishda” degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi “Davlat granti” ekanligini anglatadi. Ya’ni barcha yo‘nalishda avval davlat granti ko‘rib chiqilgan, keyin kontraktga o‘tilgan;

 

Agar javoblar varaqangizda “HAR BIR yo‘nalishda” degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi “Ta’lim yo‘nalishi” ekanligini anglatadi. Ya’ni birinchi yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt ko‘rib chiqilgan va keyin ikkinchi yo‘nalishga o‘tilgan.

 

Demak, yana bir xulosa qilamiz:

 

BARCHA so‘zi bo‘lsa — davlat granti ustuvorligi;

HAR BIR so‘zi bo‘lsa — ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi – deydi Xushnudbek telegramdagi sahifasida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры