Qabul jarayonlari davom etmoqda: texnikumlarga 198 mingdan, magistraturaga 22 mingdan ortiq ariza kelib tushgan

Qabul jarayonlari davom etmoqda: texnikumlarga 198 mingdan, magistraturaga 22 mingdan ortiq ariza kelib tushgan

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 14-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, magistratura, texnikumlar, texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish hamda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul qilingan ariza soni e’lon qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qabul jarayonlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bugun, 14-iyul soat 17:30 holatiga muvofiq magistratura bosqichiga 22 091 ta ariza kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ariza topshirganlarning 76,4 foizi (16 877 nafar) ayollar, 23,6 foizi (5 214 nafar) erkaklardir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Magistraturaga hujjatlar 30-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Texnikumlarga qabul: 198 mingdan ortiq ariza

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul bo‘yicha 198 580 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ariza beruvchilarning 65,3 foizi (129 604 nafar) erkaklar, 34,7 foizi (68 976 nafar) ayollardir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qabul 570 ta texnikum, 166 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Umumiy qabul kvotasi 202 657 o‘rinni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hujjatlar 20-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Texnikum bitiruvchilari uchun OTMlarga suhbat asosidagi qabul

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha 1 341 ta ariza kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Nomzodlarning 64,9 foizi (870 nafar) ayollar, 35,1 foizi (471 nafar) erkaklardir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ikkinchi mutaxassislik uchun 6 mingdan ortiq ariza

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lganlardan 6 194 ta ariza qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ariza topshirganlarning 61 foizi (3 777 nafar) erkaklar, 39 foizi (2 417 nafar) ayollarni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjatlar 10-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, 15-iyuldan boshlab o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn arizalar qabuli ham boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qabul jarayonlari davom etmoqda: texnikumlarga 198 mingdan, magistraturaga 22 mingdan ortiq ariza kelib tushgan⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠