Texnikumlarga qabulda 185 mingdan ortiq ariza topshirildi. Qaysi viloyatlar yetakchilik qilmoqda?

Texnikumlarga qabulda 185 mingdan ortiq ariza topshirildi. Qaysi viloyatlar yetakchilik qilmoqda?

2026/2027-oʻquv yili uchun 9-sinf bazasida texnikumlarga qabul davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 10-iyul soat 18:00 holatiga koʻra, 185 mingdan ortiq ariza qabul qilingan boʻlib, eng koʻp murojaatlar Fargʻona viloyatidan kelib tushgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kasbiy taʼlim agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026/2027-oʻquv yili uchun 9-sinf bazasida texnikumlarga qabul jarayonida 10-iyul soat 18:00 holatiga jami 185 350 ta ariza kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Statistikaga koʻra, respublika boʻyicha 587 854 nafar 9-sinf bitiruvchisi mavjud boʻlib, ularning 31,5 foizi texnikumlarga hujjat topshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ariza topshirganlarning 121 861 nafari (65,7 foiz) oʻgʻil bolalar, 63 489 nafari (34,3 foiz) esa qizlarni tashkil etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Taʼlim shakllari kesimida 134 334 ta ariza kunduzgi, 47 189 ta dual hamda 3 827 ta xalqaro taʼlim yoʻnalishlariga topshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hududlar kesimida Fargʻona viloyati 24 667 ta ariza bilan yetakchilik qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Undan keyingi oʻrinlarda Andijon (21 838 ta), Samarqand (20 131 ta), Qashqadaryo (19 468 ta) va Namangan (15 880 ta) viloyatlari qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Joriy qabul jarayonida 570 ta texnikum, 166 ta taʼlim yoʻnalishi hamda 202 657 ta qabul kvotasi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eslatib oʻtamiz, texnikumlarga hujjatlar 20-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ariza topshirilgandan soʻng ham qabul muddati yakuniga qadar hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda kiritilgan maʼlumotlarni tahrirlash mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tahliliga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining 32,2 foizi texnikumlarda tahsil olishni tanlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu esa har uchinchi 9-sinf bitiruvchisi kasbiy ta’limni tanlaganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠