Oliy toifali o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura qabuli boshlandi: qabul jarayoniga oid muhim ma’lumotlar

Oliy toifali o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura qabuli boshlandi: qabul jarayoniga oid muhim ma’lumotlar

Oliy malaka toifasiga ega umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun maqsadli magistraturaga hujjat topshirish boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Quyida qabul jarayonida kimlar ishtirok etishi, qanday hujjatlar talab etilishi va o‘qish qanday tashkil etilishi bo‘yicha muhim ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistraturada masofaviy ta’lim olish tizimi joriy etilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda mazkur yo‘nalish bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Arizalar 10-iyuldan 10-avgustga qadar magistr.edu.uz hamda myedu.uz platformalari orqali qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Qabul jarayoniga oid eng muhim savollarga javoblar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Maqsadli magistraturada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ham tahsil olishi mumkinmi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur tizim faqat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun joriy etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Darslar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida 2026-2027-o‘quv yilidan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— O‘qish qanday tashkil etiladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘quv jarayoni masofaviy shaklda olib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunda pedagoglar ishdan ajralmagan holda o‘qishini davom ettiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Hujjat topshirish uchun nimalar talab etiladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlardan magistraturaga qabul qilish tartibiga muvofiq bakalavr diplomi, chet tilini bilish sertifikati hamda oliy malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Qaysi yo‘nalishlarda tahsil olish mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Maqsadli magistratura doirasida 18 dan ortiq pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati yaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Ushbu tizim keyingi yillarda ham davom etadimi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur tizim doimiy yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Dastur oliy toifali pedagoglarga ishdan ajralmagan holda magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan bo‘lib, kelgusi o‘quv yillarida ham davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, maqsadli magistraturaga qabul qilingan pedagoglar o‘qishni tamomlagach, uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida (maktabda) ishlab berish majburiyatini oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, ushbu maqsadli magistraturaga kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakti davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠