Ozarbayjonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanmoqda

Ozarbayjonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanmoqda

Qabul qilingan qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy akkaunt yaratishga ruxsat berilmaydi. 16–18 yoshdagilar esa akkauntni faqat qonuniy vakilining roziligi bilan ochishi mumkin bo‘ladi.

 

Shuningdek, platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirish tizimini joriy etishi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli akkauntlarni cheklashi, zarur hollarda esa o‘chirishi talab etiladi.

 

Mazkur qonun kuchga kirgandan so‘ng provayderlar 16 yoshdan kichik bolalarga tegishli bo‘lgan mavjud individual raqamli akkauntlarga kirishni cheklashi, shaxsning 16 yoshga to‘lganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda esa, bunday akkauntlar va shaxsiy ma’lumotlarning o‘chirilishini ta’minlashi, shuningdek, bu haqda tegishli ijro hokimiyati organi tomonidan belgilangan organ (muassasa)ni xabardor qilishlari shartligi belgilandi.

 

Qonun loyihasi ovozga qo‘yildi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda ham voyaga yetmagan yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash bo’yicha qonun loyihasi ishlab chiqish boshlangani va bu tez orada jamoatchilikka e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.