Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan vaqtlar e’lon qilindi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan vaqtlar e’lon qilindi

2026-yilning 4-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Imtihonlar 3 smenada tashkil etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

1-smena — soat 08:00;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2-smena — soat 11:30;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

3-smena — soat 17:00.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida bir soat avval yetib kelishlari talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Kirish imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Matematika fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ingliz tili fanidan esa 15 ta test topshirig‘i taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠