Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun 10 foizgacha qo‘shimcha grant ajratiladi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun 10 foizgacha qo‘shimcha grant ajratiladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

 

Ushbu imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilish tartibi qanday?

 

Muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantiga o‘tish balining 80 foizi va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar ajratilgan qo‘shimcha grant doirasida ballar ketma-ketligiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi.

 

Mazkur imtiyoz abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan faqat birinchi (1-shartli) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nisbatan qo‘llaniladi.

 

Abituriyent ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lishi shart.

 

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari mazkur Nizomda qayd etilgan imtiyozli grantlarning faqat bittasi bo‘yicha talabgor bo‘lish huquqiga ega.