Surxondaryo viloyatida 11-sinf bitiruvchisi Raxmatqulov Bahrom matematika, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikatlar hamda IELTS imtihonidan 7.5 ball natijani qo‘lga kiritib, muddatidan oldin 189 ballni jamlashga erishdi. Shu tariqa u oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur bo‘lgan maksimal natijani oldindan ta’minladi.
Surxondaryo viloyati “Kelajak” markazi to‘garagi a’zosi, 11-sinf bitiruvchisi Raxmatqulov Bahrom oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur bo‘lgan sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
U matematika fanidan A, o‘zbek tili va adabiyot fanidan A, tarix fanidan B darajali milliy sertifikat hamda IELTS imtihonidan 7.5 ball natijani qo‘lga kiritgan. Bitiruvchi avvalroq ingliz tilidan CEFR B2 sertifikatini ham olgan.
Natijalaridan kelib chiqqan holda, abituriyent yuqori natijalari orqali oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun talab etiladigan maksimal ballni muddatidan oldin jamlab, imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmda abituriyent Shanazarova Madina bir nechta fanlardan yuqori natijalarni qayd etib, muddatidan oldin 189 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
