May oyida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon topshirgan minglab talabgorlarni qiziqtirayotgan savolga aniqlik kiritildi. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 12-iyun kuni yakunlanadi va natijalar 19-iyun kuni e’lon qilinadi.
Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha may oyidagi imtihonlarning yozma qismi — 16-17-, 23-24- va 30-31 may kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash bosqichi — 5-maydan 12-iyungacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) oʻtkazildi.
OTM lariga qabul jarayonlari 5-iyun sanasidan boshlangani sababli koʻpchilik abituriyentlar tomonidan natijalar qachon chiqadi va qabulga ulguramizmi qabilidagi savollar kelib tushmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligining xabar berishicha, aynan talabgorlarning koʻpchiligi aynan shu imtihonga topshirgani sababli gapirish imtihonlari bir muddat avvaldan boshlangan. Ishtirokchilar soni kutilganidan ham koʻp boʻlganligi uchun jarayonlar bugun, 12-iyunga qadar choʻzilgan.
Vazirlar Mahkamasining 73-sonli qaroriga muvofiq, natijalar imtihonning soʻnggi kuni yakunlangandan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinishi belgilangan.
Maʼlum qilinishicha, gapirish imtihonlarining oxirgi sanasi 12-iyun qilib belgilangan va butun respublika boʻylab shu kunda imtihon jarayonlari yakunlanadi. Shundan kelib chiqib, natijalar 19-iyunda eʼlon qilinadi.
Avvalroq, ona tili milliy sertifikat natijalari qachon chiqishi haqida xabar bergan edik.
