Farg‘onada 7-sinf o‘quvchisi boshqargan avtomobil avariyaga uchradi

Farg‘onada 7-sinf o‘quvchisi boshqargan avtomobil avariyaga uchradi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 7-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli avtomobilni ruxsatsiz boshqarib chiqib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, avtomobilga zarar yetgan.

 

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 7-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 23-may kuni soat 15:00 atrofida tumandagi “Teplik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yuz bergan. Voyaga yetmagan o‘quvchi otasiga tegishli bo‘lgan “Kia Sorento” rusumli avtomobilni uyda qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, ruxsatsiz olib chiqqan.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘quvchi mahalla hududida avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Avtomobilga esa texnik zarar yetgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Qashqadaryoda 14 yoshli bola avtohalokat sodir etib, ikki doʻstining oʻlimiga sababchi boʻlgani haqida xabar bergan edik.