“Oʻzingizga ishonib, hamisha olgʻa boring!” — Prezident maktab bitiruvchilariga tabrik yoʻlladi

“Oʻzingizga ishonib, hamisha olgʻa boring!” — Prezident maktab bitiruvchilariga tabrik yoʻlladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may — Soʻnggi qoʻngʻiroq bayrami munosabati bilan bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onasiga tabrik yoʻlladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

«Aziz farzandlarim, hurmatli ustoz va murabbiylar, muhtaram ota-onalar!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “soʻnggi qoʻngʻiroq”lar yangrab, bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mana shu hayajonli damlarda 472 ming nafar oʻgʻil-qizlarimiz maktab taʼlimini tugatib, katta hayotga yoʻllanma olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ana shunday unutilmas ayyom bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biz bugun kelajak rejalarini tuzayotgan sizdek farzandlarimiz timsolida Yangi Oʻzbekistonni dunyoga tarannum etadigan bunyodkor kuchni koʻramiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod farzandlarimiz maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunday intiluvchan oʻgʻil-qizlarimiz kelajakda ham oʻz tengdoshlariga namuna boʻlib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadi deb ishonaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Har bir maktab bitiruvchisining hayotda munosib oʻrin egallashi uchun hozirgi kunda katta kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Albatta, bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Sizlar Yangi Oʻzbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mamlakatimizda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum sizlarga zamonaviy bilim, kasb va malaka berishga tayyor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tirishqoq, oʻz kuchiga ishongan yoshlarimiz hali maktabni tugatmasdan turib, yurtimizdagi, chet eldagi nufuzli oliygohlarga kirishga ulgurdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, 171 nafar yoshlarimiz dunyoning yetakchi universitetlariga, yana minglab bitiruvchilar mamlakatimizdagi oliygohlarga qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ana shu farzandlarimni, ularning ota-onalari va ustozlarini bunday yutuqlari bilan chin dildan tabriklayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aziz bitiruvchilar!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻzingiz koʻryapsiz, bugun hayot ham, mehnat bozoridagi talab ham shiddat bilan oʻzgarib bormoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi-yangi kasblar paydo boʻlyapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Til, kasb, kompyuter savodxonligi va mustaqil daromad topish koʻnikmasini egallash muhim zaruratga aylanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mehnat bozori endi, avvalo, “hujjat” emas, amaliy bilim, malaka va natija soʻrayapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun qishloqdagi oddiy maktab bitiruvchisi ertaga dunyo tan oladigan olim boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugun oldiga katta maqsadlar qoʻygan, intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz ertaga millionlab insonlarga xizmat qiladigan texnologiyalarni yaratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugun kitob oʻqiyotgan bir qizaloq ertaga mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan farzandlarni tarbiyalaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bois, har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga harakat qiling.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu kelajakka ochilgan eshik, siz uchun qoʻshimcha imkoniyat va ragʻbatdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadbirkor boʻlishni istaydigan yoshlarimiz uchun banklar joriy yil 25 trillion soʻm arzon kreditlar taklif etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Startap loyihalarini boshlagan bitiruvchilarga esa 100 million dollar mablagʻ tayyorlab qoʻyganmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Eng yirik AT kompaniyalar har yili kamida 50 ming bitiruvchini sunʼiy intellekt boʻyicha oʻqitib, yuqori daromadli ishga joylashtirishga tayyor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kelgusi yillarda 168 ming gektar super intensiv sanoatlashgan bogʻlar tashkil qilamiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur loyihalarda qatnashmoqchi boʻlgan bolalarimni men doim qoʻllab-quvvatlayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mana shu yangi sohalarda sizlar, albatta, oʻz kasbingizning haqiqiy egasi boʻlasiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qadrli farzandlarim!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugungi tez oʻzgarayotgan davrda hayotga, uning keskin talablariga tayyor boʻlish bu – eng muhim vazifa.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu yoʻlda sizlar uchun eng yaqin doʻst va eng kuchli qurol – kitobdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Chunki kitob – nur, ilm va ibrat manbai.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Koʻp kitob oʻqigan inson hech qachon toʻgʻri yoʻldan adashmaydi, kuchli iroda, keng dunyoqarashga ega boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugungi hayotimizda sizlar uchun oʻrnak boʻladigan yutuqlarimiz, yosh-yosh qahramonlarimiz koʻp.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Toʻrt-besh yil oldin maktabni tugatgan Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Abduqodir Husanov kabi mashhur sportchilarimiz shaxmat va futbol olamida butun dunyoni qoyil qoldirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yosh kino ijodkorlarimiz jahondagi obroʻli kino anjumanlaridan biri boʻlgan Kann festivalida Gran-pri mukofotini olishga sazovor boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kuni kecha futbol boʻyicha milliy terma jamoamizni jahon chempionatiga katta tantana bilan kuzatdik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Barchamizga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydigan bunday yutuqlar ilgari tariximizda hech qachon boʻlmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Koʻryapsizlarmi, chin dildan intilsa, harakat qilsa, Yangi Oʻzbekiston yoshlari qanday buyuk marralarni zabt etishga qodir!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Men ishonaman, sizlarning orangizdan ham ana shunday millat qahramonlari, Yangi Oʻzbekiston iftixorlari yetishib chiqadi!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu dunyoda har bir ongli inson ota-onasi, ustozlari va el-yurti ishonchini oqlashga intilib yashaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Inson uchun eng ulugʻ baxt, ulkan sharaf aslida shu.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Siz bugun maktabni tugatdingiz, lekin katta hayot maktabi endi boshlanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Men sizlarga ana shunday tengsiz baxt, yuksak saodat egasi boʻlishlaringizni tilayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oldingizga katta maqsadlar qoʻyishdan hech qachon qoʻrqmang!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻzingizga ishonib, hamisha olgʻa boring!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Doimo oʻzgarishlar, islohotlar ruhi bilan yashaydigan avlod boʻling!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu yoʻldagi ilk qadamlaringiz qutlugʻ va barakali boʻlsin!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Barchangizga baxt va omad hamisha yor boʻlsin, aziz farzandlarim!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shavkat Mirziyoyev, ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti»⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠