O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish xizmati vaqtincha to‘xtatiladi

O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish xizmati vaqtincha to‘xtatiladi

O‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati 26-maydan 31-iyulgacha vaqtincha to‘xtatiladi. Bu davrda maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari olib borilishi sababli “erp.maktab.uz” platformasi orqali arizalar qabul qilinmaydi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament asosida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati vaqtincha toʻxtatiladi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur xizmat 2026-yil 26-maydan 31-iyulga qadar ishlamaydi. Bu davrda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash va oʻquvchilarni sinfdan sinfga oʻtkazish jarayonlari amalga oshiriladi.

 

Shu munosabat bilan “erp.maktab.uz” elektron platformasi orqali maktab almashtirish boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi.

 

Maʼlum qilishicha, ushbu muddat ichida elektron platformada yangi oʻquv yili uchun texnik va tashkiliy ishlar olib boriladi.

 

Maʼlumotga koʻra, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2026-yil 1-avgustdan qayta ishga tushiriladi.