Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni 8:00–9:00 oralig‘ida o‘tkaziladi

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni 8:00–9:00 oralig‘ida o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025–2026-o‘quv yili yakuni munosabati bilan “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etish belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu haqida 2026-yil 18-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2025-2026-oʻquv yilini yakunlash va «Yuksak maʼrifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori» shiori ostida «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi  xati imzolangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Vazirlik tavsiyasiga ko‘ra, tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar va ularning erishayotgan yutuqlarini bitiruvchilarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish, namunali xulq va a’lo baholarga o‘qigan o‘quvchilarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalari “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona” kabi nominatsiyalar hamda “Minnatdorchilik xat”lari bilan taqdirlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tadbirlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maktab hovlisidagi soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish, o‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish holatlarining oldini olish vazifalari topshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari joriy yilning 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 gacha o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, 25–30-may kunlari barcha hududlarda “Xayr bog‘cha — salom maktab!” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun bayram tadbirlari tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠