O‘zbekistonlik talabalar chet elda ta’lim olishda qaysi davlatlarni tanlamoqda?

O‘zbekistonlik talabalar chet elda ta’lim olishda qaysi davlatlarni tanlamoqda?

2026-yilning birinchi choragida 5 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida chet elga yo‘l olgan. O‘zbekistonliklar eng koʻp borgan davlatlar Rossiya, Koreya va Qirg‘iziston bo‘ldi.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida 5 862 nafar O‘zbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.

 

Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari eng koʻp borgan davlatlar quyidagicha:

 

Rossiya – 1 241 nafar;

Koreya Respublikasi – 1 131 nafar;

Qirg‘iziston – 1 059 nafar;

Xitoy – 424 nafar;

Turkiya – 423 nafar;

Tojikiston – 381 nafar;

Buyuk Britaniya – 292 nafar;

Boshqa davlatlar – 911 nafar.

 

O‘tgan yilga nazar:

 

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari chet elga ta’lim olish maqsadida safar qilgan.

 

2025-yilda eng koʻp O‘zbekiston fuqarolari safar qilgan TOP-10 davlat:

 

Rossiya – 6 235 nafar;

Tojikiston – 5 943 nafar;

Qirg‘iziston – 4 219 nafar;

Koreya – 3 410 nafar;

Turkiya – 2 381 nafar;

Xitoy – 1 231 nafar;

Qozog‘iston – 1 074 nafar;

Buyuk Britaniya – 870 nafar;

Germaniya – 384 nafar;

AQSh – 333 nafar.

 

Shu ma’lumotlar, O‘zbekistonlik talabalar orasida Rossiya, Koreya, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga ta’lim olish uchun eng katta talab mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish