2025/2026 o‘quv yili boshiga kelib, faoliyat yuritayotgan texnikumlar soni 712 ta ga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Hududlar kesimida texnikumlar soni Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida eng yuqori bo‘lmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshiga kelib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan texnikumlar soni 712 tani tashkil etgan.
Texnikumlar soni hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Qashqadaryo viloyati — 71 ta
Samarqand viloyati — 70 ta
Andijon viloyati — 69 ta
Farg‘ona viloyati — 66 ta
Surxondaryo viloyati — 57 ta
Toshkent viloyati — 57 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 53 ta
Namangan viloyati — 53 ta
Buxoro viloyati — 47 ta
Xorazm viloyati — 43 ta
Toshkent shahri — 37 ta
Jizzax viloyati — 36 ta
Navoiy viloyati — 27 ta
Sirdaryo viloyati — 26 ta
Toshkent shahri texnikumlar soni bo‘yicha 37 ta bilan kamroq ko‘rsatkichga ega bo‘lsa-da, Andijon va Samarqand viloyatlarida texnikumlar soni yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyati esa texnikumlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan.
2024/2025 o‘quv yili boshida texnikumlar soni 272 tani tashkil qilgandi.
