2024/2025-oʻquv yilida oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari soni 845 tani tashkil etgan

2024/2025-oʻquv yilida oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari soni 845 tani tashkil etgan

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari soni 845 tani tashkil etdi.

 

 

Bu ko‘rsatkich 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan 18 taga yoki 2,2 % ga oshgan.

 

 

O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari tarkibi quyidagicha:

 

 

— Kasb-hunar maktablari — 334 ta

— Texnikumlar — 272 ta

— Kollejlar — 147 ta

— Akademik litseylar — 92 ta

 

Avvalroq, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan. Ularning 455 tasini nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari tashkil etganligi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish