Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktablarda ota-onalardan pul yig‘ilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan viloyat MMTB rasmiy bayonot bilan chiqdi. Boshqarma ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlari faqat byudjet va qonuniy manbalar hisobidan amalga oshirilishini ta’kidlab, noqonuniy yig‘imlar yuzasidan murojaat qilishga chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablarida taʼmirlash ishlari uchun ota-onalardan pul yigʻilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan viloyat MMTB rasmiy bayonot berdi.
Unga koʻra, Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur holatlarni qatʼiy qoralashi va davlat taʼlim muassasalarida har qanday koʻrinishdagi noqonuniy pul yigʻimlarini man etilishi bildirilgan.
“Taʼlim muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari belgilangan tartibda davlat byudjeti va qonuniy manbalar hisobidan amalga oshiriladi” — deyiladi bayonotda.
Boshqarma bunday noqonuniy holatlarni oldini olish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi maʼlum qilingan.
Shu munosabat bilan ota-onalar va keng jamoatchilikdan pul yigʻish holatlariga duch kelganda darhol tegishli tashkilotlarga yoki Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining maxsus @sammmtb_bot ga murojaat qilishlari soʻraladi xabarda.
Shuningdek, vazirlikning (71) 202-09-09 ishoinch raqamlariga bog‘lanishingiz mumkin.
