2026–2027-o‘quv yili uchun moʻljallangan tayanch o‘quv rejalari tasdiqlandi

2026–2027-o‘quv yili uchun moʻljallangan tayanch o‘quv rejalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2026–2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalar tasdiqlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur hujjatga muvofiq, o‘quv rejalar ta’lim olib boriladigan tilga qarab o‘zbek, rus hamda qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillardagi maktablar uchun alohida shakllantirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu munosabat bilan 2026-yilning 20-avgust kuniga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mazkur fan bo‘yicha qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, barcha turdagi o‘quv rejalar 2026-yil 30-avgustga qadar maktab taʼlimi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi axborot tizimi — erp.maktab.uz tizimiga joylashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy qilinishi munosabati bilan tashkil etiladigan qisqa muddatli onlayn oʻquv kurslarda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ishtirokini ta’minlash;
  • 2026-2027-oʻquv yili davomida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tayanch oʻquv reja va uning tushuntirish xatida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash;
  • umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejadan kelib chiqqan holda muassasa xodimlarining ish yuklamalari tarifikatsiyasi va dars jadvallarining ishlab chiqilishini ta’minlash;
  • 2026-yil 30-avgustga qadar 2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejadagi yangiliklar hamda tushuntirish xatining mazmun-mohiyatini keng yoritish maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining direktorlari va pedagog xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etish vazifalari yuklatilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Namunaviy tayanch oʻquv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasi 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejasini ishlab chiqadi va avgust oyidagi Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oʻqituvchilarga dars soatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh-, 28- va 124/1-son qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Barcha turdagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida mazkur oʻquv reja asosida tashkil etiladigan darslar (mashgʻulotlar) davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tayanch o‘quv rejalar — Faylni yuklash⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠