Farg‘onada IIB xodimlari tomonidan tahqirlangan maktab direktori o‘z lavozimini tark etdi

Farg‘onada IIB xodimlari tomonidan tahqirlangan maktab direktori o‘z lavozimini tark etdi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-maktab direktori Gulira’no Qosimova lavozimini tark etdi. Bu haqda jurnalist Ilyos Safarov o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, Gulira’no Qosimova 17-mart sanasidan rasman ishdan bo‘shagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 24-mart kuni esa jamoa bilan xayrlashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Qaror “tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida” qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jurnalistning yozishicha, sobiq maktab direktori unga minnatdorchilik bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Gulira’no Qosimova menga bergan izohida faoliyati davomida o‘ziga bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik izhor etdi”, – deb yozadi Ilyos Safarov.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, Gulira’no Qosimova bundan keyin ham faoliyatini ta’lim sohasida davom ettirishi, ammo yangi ish joyi hozircha ma’lum emasligini ta’kidlagan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bu vaqt davomida millionlab vatandoshlar mehrini, adolat va ayollar himoyasi yo‘lidagi jonkuyarligini har kuni his qilib turdim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Boringizga shukr, aziz insonlar”, — degan u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Gulira’no Qosimova 2025-yil aprelda soliq inspeksiyasi boshlig‘idan YTHga uchragan turmush o‘rtog‘ini davolatish uchun qarz so‘rashga borganini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu payt fuqarolik kiyimidagi xodimlar paydo bo‘lib, ularning kiyimlarini yirtib, urib-do‘pposlashganini Kun.uz`ga ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur holat jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudida 2025-yil 28-noyabr kuni Furqat tumani IIB sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Jasur Rasulov 4 yilga qamalib, 3 yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilingandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠