321 ming nafardan ortiq abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagani uchun tanlovda ishtirok etmaydi - Ta’lim xabarlari
321 ming nafardan ortiq abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagani uchun tanlovda ishtirok etmaydi

Joriy yilgi test sinovlarida jami 159 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan.

 

 

Jumladan, 62 nafar abituriyent hududga kirish joyida va 97 nafar abituriyent imtihon jarayonida test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi aniqlanganligi haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

 

 

Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga ko‘ra, hujjat topshirgan 805 688 nafar abituriyentning 740 352 nafari (91,9%) test sinovlarida ishtirok etgan, 65 336 nafar (8,1 %) abituriyent turli sabablarga ko‘ra qatnashmagan.

 

 

Abituriyentlarning 418 ming nafardan ortig‘i (56,5 foiz) 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin. 321 ming nafardan ortig‘i (43,5 foiz) abituriyent esa 56,7 dan past ball to‘plagani uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

 

Joriy yilda 210 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘plagan (shundan 91 nafari 189 dan yuqori ball to‘plagan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari).

 

 

Shuningdek, 189 va undan yuqori ball to‘plagan 210 nafar abituriyentning:

 

 

77 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari tarix
va chet tili bo‘lgan;

 

43 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari biologiya va kimyo bo‘lgan;

 

40 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari ona tili
va adabiyot hamda ingliz tili bo‘lgan;

 

21 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari davlat huquq asoslari va chet tili bo‘lgan abituriyentlar hisoblanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры