Bugun yo‘nalish tanlash uchun oxirgi kun! Abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi - Ta’lim xabarlari
Bugun yo‘nalish tanlash uchun oxirgi kun! Abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi

Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

 

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.

 

Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:

 

  1. Tanlov ustvorligini tanlash — abituriyentlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abituriyent bilimiga qarab avval grantda o‘qish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

 

Qanday qilib tanlash mumkin?

 

Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

 

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

 

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

 

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

 

Qisqa aytganda, abituriyent 1-usulda eng avval faqat grantga balli yetadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli yetadigan joylarni tanlagan holda talaba bo‘lishi mumkin.

 

Masalan, abituriyent grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o‘qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo‘ladi.

 

  1. Qabul kvotalari bilan tanishib chiqing. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/6093/
  2. @uztdi_mandatbot orqali davlat OTMlarining so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishib chiqish. Batafsil: (https://t.me/uztdi/8797)

 

Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

 

Abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

 

10-avgustga qadar abituriyentlar  tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.

 

Videoyo‘riqnoma

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры