Sinf rahbarlari bilib olishi kerak. O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jildida qanday hujjatlar bo‘lishi kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻiga asosan, oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari oʻquvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi.

 

Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

 

1. Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;

 

2. Oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;

 

3. Ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;

 

4. Tibbiy maʼlumotnoma;

 

5. Baholar tabeli (10-11-sinf oʻquvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma).

 

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi.

 

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jild hujjatlari oʻquvchi maktabni tamomlaganidan soʻng 3-yil muddatda maktabda saqlanadi.