Noiqtisodiy taʼlim yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” oʻqitilishi boshlanadi - Ta’lim xabarlari
Noiqtisodiy taʼlim yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” oʻqitilishi boshlanadi

Markaziy bank tomonidan “Moliyaviy savodxonlik asoslari” oʻquv qoʻllanmasini noiqtisodiy yoʻnalishda tahsil oluvchi talabalarga oʻqitish maqsadida respublika boʻyicha 37 ta oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

 

Hamkorlik doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tavsiyasi bilan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab qoʻllanma oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga kiritilmoqda.

 

Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida “Moliyaviy savodxonlik asoslari”ni oʻqitishga masʼul boʻlgan 81 nafar professor-oʻqituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan onlayn va oflayn treninglar oʻtkazildi. Unda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Markaziy bank mutaxassislaridan javoblar oldilar.

 

Loyihani amalga oshirish va oʻqitish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan savollar boʻyicha Markaziy bankning doimiy ekspert koʻmagi koʻrsatilishi belgilab olindi.

 

Mazkur loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirgan oliy taʼlim muassasalari tashabbuslari maʼqullanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры