Yakka tartibda o‘tilgan dars uchun qanday haq to‘lanadi? - Ta’lim xabarlari
Yakka tartibda o‘tilgan dars uchun qanday haq to‘lanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 638-son qaroriga ko‘ra o‘quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori:

 

– 1 — 4-sinflar uchun 8 soat,
– 5 — 9-sinflar uchun 10 soatni,
– 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.

 

Bunda dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.

 

Shuningdek, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchining olgan baholari ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftariga qayd etib boriladi.

O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib boriladi.

 

Mazkur nizom hamda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami № 3271) ga muvofiq, yakka tartibda o‘tiladigan darslar o‘qituvchiga tarif asosida biriktiriladi.

 

Shu bilan birga nizom (VM 638-son qaror) 33-bandiga ko‘ra o‘quvchiga ta’lim berayotgan o‘qituvchilarga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq va yo‘l haqi kompensatsiyasi to‘lanadi.

 

Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 2435) asosan maktab o‘qituvchilariga – maktabdan o‘qitilayotgan o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa bo‘lganda uyda o‘qitilayotgan bir nafar o‘quvchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida kompensatsiya tayinlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры