O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berildi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berildi

my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berildi.

 

 

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

 

 

To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

 

 

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.