Samarqandda maktab o‘quvchisi 5 yoshli qizchani mashinada urib yubordi

Samarqandda maktab o‘quvchisi 5 yoshli qizchani mashinada urib yubordi

Samarqand viloyati Urgut tumanida 5 yoshli qizchani urib, voqea joyidan qochgan Gentra avtomobili haydovchisi topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Haydovchi 11-sinf o‘quvchisi ekani ma’lum bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 22-mart kuni Urgut tumani Chorchinor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda ‘‘Gentra’’ rusumli avtomobil tezlikni me’yoridan oshirib, voyaga yetmagan qizchani urib yuborgan va voqea joyidan qochgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shu sababli 5 yoshli qizcha Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Haydovchining ushbu tumandagi umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi ekani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Urgut tumani yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv natijasida haydovchi va transport vositasi topilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Haydovchi qizchaning ota-onasidan uzr so‘ragan va haydovchilik guvohnomasini olmaguncha mashina boshqarmasligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur holat bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, Namanganda 10-sinf oʻquvchisi avtomobil boshqarib 4-sinf oʻquvchisini urib yuborgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠