Ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi

Ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2026-yil 31-yanvar, 1-2- va 7-8-fevral kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Qayd etilishicha, mazkur imtihonda jami 102 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan va 98 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Imtihonda qatnashgan talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠ Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

  • 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
  • 65 – 69,9 ball — A daraja;
  • 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
  • 55 – 59,9 ball — B daraja;
  • 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
  • 46 – 49,9 ball — C daraja.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

— A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

— B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

— A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠⁠