“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish mumkin

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish mumkin

‘‘Yil o‘qituvchisi’’ tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha platforma orqali apellyatsiya yuborish imkoniyati yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xabaringiz bor, kecha, 5-mart kuni ‘‘Yil o‘qituvchisi’’ ko‘rik tanlovining ikkinchi bosqich natijalari eʼlon qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur bosqich natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar platforma orqali apellyatsiya yuborishi mumkin bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Buning uchun pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifaning “Apellyatsiyalarim” bo‘limi orqali “Apellyatsiya yuborish” tugmasi bosilib, kerakli ma’lumotlar kiritilgan holda murojaat yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maʼlumot uchun: oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ushbu natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ariza (shikoyat) Nizomga muvofiq roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 3-bosqich shartlariga ayrim oʻzgartirishlar kiritilayotgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining 2-bosqich natijalari bo‘yicha apellyatsiya yuborish mumkin⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠