Bugundan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 2-bosqichida nomzodlarning dars oʻtish jarayonini baholash boshlanadi (video-yo‘riqnoma)

Bugundan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining 2-bosqichida nomzodlarning dars oʻtish jarayonini baholash boshlanadi (video-yo‘riqnoma)

Bugun, joriy yil 25-fevral kuni soat 18:00 da “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich nomzodlarining dars oʻtish sinov jarayonlarini pedagog.uzedu.uz platformasi orqali baholash boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari oʻtkazildi hamda unda Respublika bo‘ylab barcha tuman (shahar)idan 3 nafardan — jami 624 nafar pedagog qatnashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, pedagoglarning ovoz berishlari uchun nomzodlarning dars oʻtish jarayoni videokameraga yozib olinib, belgilangan tartibda (montajsiz) pedagog.uzedu.uz maxsus platformasiga joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 25-fevral kuni soat 18:00 da pedagoglar tomonidan nomzodlarning dars oʻtish sinov jarayonlarini pedagog.uzedu.uz platformasi orqali baholashga start beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda pedagoglar oʻzi yashab turgan tegishli tuman (shahar) boʻyicha nomzodlarning darslarini quyidagi videoqoʻllanmada koʻrsatilganidek baholashlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Baholash jarayonlari 2026-yil 28-fevral kuni soat 23:29 ga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumot uchun: nomzodlarning dars oʻtish mahorati hakamlar hayʼati (60 ball) hamda tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan (ovoz berish yoʻli orqali 40 ball) baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hakamlar hay’ati va pedagoglar tomonidan berilgan ballar asosida nomzodning umumiy natijasi shakllantiriladi, biroq ikkinchi bosqich natijalari to‘liq umumlashtirilmaguniga qadar e’lon qilinmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ikkinchi bosqich yakuniga ko‘ra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball to‘plagan 2 nafar nomzod tanlovning uchinchi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar ballar teng bo‘lib qolsa, maxsus platforma orqali qayta ovoz berish tashkil etiladi va eng yuqori ball to‘plagan nomzod keyingi bosqichga o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠