Bitiruvchilarga stajirovka dasturi orqali oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi

Bitiruvchilarga stajirovka dasturi orqali oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan muloqotda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million so‘mgacha, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga 2 milliard so‘mgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida, kelgusi yilda qolgan hududlarda bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda oldin, Prezident barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tanqid qilgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠