Andijonda MMTB mudiri, oʻrinbosari va 4 nafar maktab direktori qimor oʻynayotganda qo‘lga olindi

Andijonda MMTB mudiri, oʻrinbosari va 4 nafar maktab direktori qimor oʻynayotganda qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi Ulugʻnor tuman MMTB mudiri, oʻrinbosari va 4 nafar maktab direktori qimor oʻynayotganda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 14-yanvar kuni soat 20:30 dan 21:30 oralig‘ida sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Baliqchi tumani Markaz MFY hududida joylashgan “X” choyxonasida qimor oʻyini tashkil etilgani va oʻynalgani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tezkor tadbir davomida Ulugʻnor tumani MMTB mudiri, MMTB mudiri oʻrinbosari, shuningdek, MMTBga qarashli bir qator umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari qimor oʻyinida ishtirok etayotgan vaqtida ushlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ashyoviy dalil sifatida ishtirokchilar yonidan 617 000 soʻm pul, 28 dona oʻyin kartasi, shuningdek davradan 205 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari rasmiylashtirib olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ular MJTKning 191-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish) bilan ayblanib, sud tomonidan jarimaga tortilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘ynayotganda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Andijonda MMTB mudiri, oʻrinbosari va 4 nafar maktab direktori qimor oʻynayotganda qo‘lga olindi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Andijonda MMTB mudiri, oʻrinbosari va 4 nafar maktab direktori qimor oʻynayotganda qo‘lga olindi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠