Metrologiya sohasida o‘qiyotgan talabalar uchun maxsus stipendiya ta’sis etiladi

Metrologiya sohasida o‘qiyotgan talabalar uchun maxsus stipendiya ta’sis etiladi

Prezidentning 2026-yil 16-fevralda “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–25-son Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2026/2027 oʻquv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida o‘qiyotgan OTM talabalari uchun maxsus stipendiya ta’sis etiladi.

 

Farmonga muvofiq metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

 

– oʻlchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;

– sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir qiladigan oʻlchash vositalari kalibrlashga oʻtkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi;

– kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va oʻlchashlar byurosi bazasida eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yoʻnalishlari akkreditatsiyadan oʻtishdan ozod qilinadi.

 

2026/2027 oʻquv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun:

 

  • “Maxsus stipendiya” taʼsis etiladi;
  • rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini oʻrganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
  • soʻnggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qoʻshma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.

 

Ma’lumot o‘rnida: Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoniga asosan, 2026/2027 o‘quv yilidan uchuvchilar, texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, aeroport servisi va boshqaruvi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Fuqaro aviatsiyasi universiteti faoliyati tashkil etiladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish