Texnikum o‘quvchilari va xotin-qizlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi

Texnikum o‘quvchilari va xotin-qizlar o‘rtasida Prezident sovrini uchun kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi

Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoniga ko‘ra, texnikum o‘quvchilari va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Farmonga muvofiq texnikum o‘quvchilari, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida mazkur milliy tanlovni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  2. Texnikum o‘quvchilari, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida kasblar bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
  3. Texnikum o‘quvchilari, yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini o‘tkazish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlov o‘tkaziladigan dolzarb 10 ta kasb belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hududlar darajasida 10 ta kasb bo‘yicha 700 nafar sovrindorlar saralab olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident sovrini uchun kasblar bo‘yicha 120 ta sovrindorlar aniqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlov g‘oliblari va ularning ustozlari 4,9 million so‘mdan 41,2 million so‘mgacha miqdorda rag‘batlantiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovning respublika sovrindorlari xalqaro musobaqalarga tayyorlanadi hamda xalqaro musobaqa g‘oliblari 1 milliard so‘m miqdorigacha rag‘batlantiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, 2026/2027 oʻquv yilidan 7 ta hududda o‘quvchilar uchun “Kasblar shaharchalari” tashkil etilishi hamda texnikum o‘quvchilariga stipendiya to‘lanishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠