Taʼlim sohasidagi oylik maoshlarga oid soʻnggi yangiliklar

Taʼlim sohasidagi oylik maoshlarga oid soʻnggi yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-son qarori bilan taʼlim sohasidagi oylik maoshlarga koʻplab oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan:

 

— Bundan buyon davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi hamshiralarga ish staji uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.

 

— Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi hamshiralar va tarbiyachilarning oʻrniga ishlagan xodimlarga 100 foiz miqdorida oylik maoshi toʻlanadi.

 

— Umumtaʼlim maktablarida “Maxsus pedagog” va “Yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)” shtat birliklarini ajratish tartibi aniq belgilandi.

 

— Maxsus pedagoglarning lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz miqdorida ustama haq toʻlanadi.

 

— Kutubxona xodimlariga kutubxona fondi bilan shugʻullanganliklari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 3.6 foiz miqdorida emas 8 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

 

— Uyda yakka tartibda oʻqitiladigan oʻquvchilarni, shu jumladan, bir xil yoshdagi va bitta manzildagi ikki va undan ortiq oʻquvchilarni oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlanadi.

 

— “Yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)” oʻqituvchisining lavozim maoshi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,470 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali hisoblanadigan boʻldi.

 

Avvalroq, 70 foizlik ustama oladigan maktab o‘qituvchilari ro‘yxati haqida xabar bergan edik.