Pedagog platformasida ‘‘Toifa sertifikati’’ faylini yuklash imkoniyati yaratildi

Pedagog platformasida ‘‘Toifa sertifikati’’ faylini yuklash imkoniyati yaratildi

Pedagog platformasida ‘‘Toifa sertifikati’’ faylini yuklash imkoniyati yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Pedagog platformasida ‘‘Imtiyozlarim’’ bo’limida ‘‘Ustamalar’’ (70 foizlik) haqida ma’lumot olish hamda  ‘‘Qayta tayyorlov’’ diplomi faylini yuklash imkoniyati yaratilganligi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maʼlumot oʻrnida: Yangilangan Pedagog platformasida Malaka toifasini (toʻgʻridan-toʻgʻri, navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari) olish uchun Murojaat yuborish jarayonida bir qator oʻzgartirishlar kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Quyidagi maʼlumotlar murojaat yuborish jarayonida Platformada faqat integratsiya orqali shakllanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

1.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida mavjudligi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari “ERP Maktab” axborot tizimida mavjudligi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

3.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Oliy hamda oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagoglarning diplom maʼlumotlari “Diplom Edu” axborot tizimida mavjudligi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

4.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Barcha pedagoglarning ish staji boʻyicha maʼlumotlar “YAMMT” axborot tizimida mavjudligi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur maʼlumotlar koʻrsatilgan axborot tizimlarida mavjud boʻlsagina murojaat yuborish mumkin boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠