2025-yilda 103 ming nogironligi bo‘lgan bola ta’lim bilan qamrab olingan

2025-yilda 103 ming nogironligi bo‘lgan bola ta’lim bilan qamrab olingan

2025-yilda 103 ming nogironligi bo‘lgan bola ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, yil davomida 60 mingta ariza ko‘rib chiqilib, 37,1 ming nafar bolaga xulosa berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan ikki baravar ko‘p.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Umumta’lim maktablaridagi inklyuziv sinflarga berilgan xulosalar soni 1,7 mingdan 6,4 mingtagacha oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, birinchi marotaba, 1,8 ming nafar bolalarga bog‘chalardagi inklyuziv guruhlarga, Davlat sherikchilik asosida “kunduzgi parvarish” xizmatiga 5,4 ming nafar bolaga xulosa berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu orqali, Muruvvat internat-uyilariga xulosa berish 40 foizga kamayib, 254 tani tashkil etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum bo‘lishicha, “Kunduzgi parvarish” xizmati yo‘lga qo‘yilib, 313 ta tadbirkor tomonidan 4,1 ming nogironligi bo‘lgan bola xizmat bilan qamrab olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun 16,5 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu jumladan, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun imkoniyatlar kengaytirilib, 2 400 ta “inklyuziv sinf” va 750 ta “korreksion xonalar” tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada, nogironligi bo‘lgan 103 ming maktab yoshidagi bola ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinmoqda va qamrov darajasi 79 foizdan 82 foizgacha oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠