Esse yozishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Esse yozishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Esse yozishni baholashda fikrning mavjudligi, uning qanday bayon qilingani, mantiqiy izchilligi va adabiy til meʼyorlariga mosligi muhim hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois esse yozish jarayonida belgilangan talab va mezonlarga qatʼiy amal qilish talab etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Esse yozilishiga qoʻyiladigan talablar nimalardan iborat?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Avvalo, esse yozishda muallif oʻz fikr-mulohazalarini publitsistik uslubda, yaʼni aniq, ravon va taʼsirchan shaklda bayon etishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, fikrlar mantiqiy izchillikda, adabiy til meʼyorlariga rioya qilgan holda ifodalanishi shart.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Eng muhimi, esse davomida keltiriladigan barcha fikr va mulohazalar faqat berilgan mavzu doirasida boʻlishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Esse tuzilishi jihatidan uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bular kirish, asosiy qism va xulosa.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Kirish qismi ikki-uch jumladan iborat boʻlib, unda mavzuga qisqacha yondashuv bildiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunda berilgan vaziyat matnini aynan koʻchirib yozish qatʼiyan tavsiya etilmaydi, balki muallif oʻz fikri orqali mavzuga kirib borishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Asosiy qism esa esse mazmunining markazi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu qism kamida uchta xatboshidan iborat boʻlishi shart.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Har bir xatboshida mavzuga doir turli qarashlar, tomonlarning fikrlari va muallifning shaxsiy mulohazalari batafsil yoritilishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, berilgan vaziyat yuzasidan ilgari surilgan fikrlar hayotiy misollar bilan dalillanishi, muallifning shaxsiy pozitsiyasi esa aniq va asosli tarzda ifodalanishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Xulosa qismida esa asosiy qismda bayon etilgan fikrlar umumlashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu qism ikki-uch jumladan iborat boʻlib, unda muallifning yakuniy xulosasi qisqa va loʻnda shaklda ifodalanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Taʼkidlash joizki, esse uchun alohida reja tuzilmaydi va epigraf qoʻyilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Yozma ishlarni baholash jarayonida fan eksperti tomonidan matnning mantiqiy qurilishi va mazmuniy izchilligi alohida eʼtiborga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Jumlalarning toʻgʻri tuzilishi, matn qismlarining ketma-ketligi, fikrlarning bir-biriga mosligi va voqelikka uygʻunligi tekshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Xatboshilarga notoʻgʻri ajratish yoki bir fikrning turli shakllarda takrorlanishi mantiqiy va mazmuniy izchillikning buzilishi sifatida baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, yozma ishda kirill alifbosidan foydalanish imloviy xato hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Biroq oʻzbek adabiy tilida hali toʻliq meʼyorlashmagan ayrim neologizmlarning yozilishidagi ikki xillik xato sifatida baholanmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, “Word”, “Tvitter” yoki “Twitter” kabi soʻzlar oʻzbek tili yoki oʻzlashtirilgan til qoidalariga muvofiq yozilishi talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Yana bir muhim jihat shundaki, yozma ishni baholashda yozuvning chiroyliligi yoki xunukligi inobatga olinmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Baholash faqat mazmun va mezonlarga muvofiqlik asosida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ayrim holatlarda yozma ish 0 ball bilan baholanishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Quyidagi hollarda yozma ish 0 ball bilan baholanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Faqat kirish qismi yozilgan ishlar “topshiriq bajarilmagan” deb xulosalanadi va 0 ball bilan baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Javoblar varaqasining yozma ish uchun belgilangan qismi ochiq qoldirilgan boʻlsa, “topshiriq bajarilmagan” deb xulosalanadi va 0 ball bilan baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

— Yozma ish matni toʻliq kirill alifbosida yozilgan boʻlsa, tekshirilmaydi va 0 ball bilan baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠