Andijonda yana bir o‘quvchi ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan yuqori darajali sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Andijonda yana bir o‘quvchi ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan yuqori darajali sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Andijon viloyati, Andijon tuman 26-umumtalim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Zokirjonova Omina bir nechta fanlardan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

Natijalar:

 

O‘zbek tili va adabiyot – 66.37 ball (A)

 

Tarix – 66.66 ball (A)

 

Ingliz tili – CEFR B2

 

Avvalroq, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Akramova Munisa 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.