Jizzaxda yana bir o‘quvchi qiz muddatidan avval talaba bo‘ldi

Jizzaxda yana bir o‘quvchi qiz muddatidan avval talaba bo‘ldi

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Akramova Munisa Begzod qizi 5 ta fandan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

 

Natijalar:

 

Kimyo – 71.82 ball (A+)

 

Biologiya – 68.94 ball (A)

 

O‘zbek tili va adabiyot – 60.63 ball (B+)

 

Tarix – 56.89 ball (B)

 

Matematika – 52.23 ball (C+)

 

Avvalroq, Angrenda bir maktabning 20 nafardan ortiq o‘quvchisi tarix, biologiya va o‘zbek tili fanlaridan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’lumot uchun, test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

65 – 69,9 ball — A daraja;

60 – 64,9 ball — B+ daraja;

55 – 59,9 ball — B daraja;

50 – 54,9 ball — C+ daraja;

46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.